Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

China Energy Engineering Corporation transport infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etmoqchi

Chop etish Sahifani ulashish
14.06.2023 2096 Yangiliklar

Bugun Transport vaziri Ilxom Maxkamov “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi boshqaruv raisi Sun Xaylyan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikda transport infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama etdi.

 

Kompaniya rahbari Sun Xaylyan mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Kompaniya o‘zining ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda ushbu sohalarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, kompaniya rahbari transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar malakasini oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligini, bu har ikki tomon uchun birdek manfaatli bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida xorijiy mehmonlarga transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, taqdimotlar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida alohida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.