Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish  

Chop etish Sahifani ulashish
10.10.2024 572 Yangiliklar

Jamiyat manfaatlariga xizmat qilish barcha davlat xizmatchilari va davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifasidir. Jamiyat ushbu organlarning mansabdor shaxslaridan o‘z vazifalarini adolatli va xolis bajarishini kutadi.

 

Shu nuqtayi nazardan davlat organi va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga barham berish, davlat xizmati tizimida korrupsiyaning oldini olishning samarali usullaridan biridir.

 

Shu bois Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati transport boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish” mavzusida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Komilov tomonidan davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ–931-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

 

Mazkur qonun manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, davlat xizmatida barqaror professional kadrlarni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida korrupsiya va boshqa suiiste’mollik holatlarining oldini olishga, shuningdek, barcha darajadagi davlat xizmatchilari faoliyati bilan bog‘liq huquqlar, majburiyatlar va cheklovlarning yagona tizimini shakllantirganligi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlab o‘tildi.