Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.11.2021 5569 Yangiliklar

 


Bugun, 2 - noyabr kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Konstantin Kleshev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, raqamli aloqa texnologiyalaridan foydalanish, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi nuqtai nazaridan havo harakatini boshqarish milliy tizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari parvozlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari, ularni joriy etishning qonunchilik va me’yoriy-huquqiy asoslari bilan bog‘liq masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.