Bugun O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligida Misrning «Elsewedy Electric» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kompaniya prezidenti Ahmad Al-Suveydi Transport vaziri Elyor G‘aniyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekistonning transport va logistika sohalariga investitsiya kiritishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuvda mamlakatimizning transport logistika sohasidagi imkoniyatlari, xususan «Navoiy» xalqaro aeroporti va xalqaro multimodal logistika markazi, bu yerda tashkil etilgan har tomonlama qulay infrastuktura ob’ektlari hamda xalqaro tashuvlarni yanada rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan choralar hususida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat xususiy sherikligi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalar bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi.
«Elsewedy Electric» kompaniyasi uchrashuv davomida “aqlli” transport tizimlarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish, sanoat parklari va logistika markazlarini qurish bo‘yicha amalga oshirgan yirik loyihalari taqdimotini o‘tkazdi.
Uchrashuvda «Elsewedy Electric» kompaniyasi yurtimizda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar bilan yaqindan tanishish uchun o‘z mutaxasislaridan iborat maxsus ishchi gurihini tuzgan holda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.