Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Erasmus+” dasturi doirasida tashkil etilgan o‘quv seminarida vazirlik vakillari ishtirok etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
05.02.2025 607 Yangiliklar

Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi SPHERE (Sustainable transportation within the framework of green deal – Yashil tamoyil asosida barqaror transport) grant loyihasi doirasida Italiyaning Turin shahrida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

3 – 7-fevral kunlari Italiyaning Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tayotgan mazkur seminarda Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari hamda Transport vazirligi vakillari ishtirok etishmoqda.

Loyihadan asosiy maqsad transport sohasini ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik rivojlantirish, harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan avtomobil transporti haydovchilarini malakasini oshirib borish, qayta tayyorlash ishlarini tashkil qilishda oliy ta’lim yo‘nalishida barqaror transport bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.


Seminar davomida Turin politexnika universitetida haydovchilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashning yangi uslublari bo‘yicha tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.