Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
19.09.2024 1016 Yangiliklar

Joriy yilning 19-senyabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Eronning Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Samad Hasanzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Ikki davlat elchilari hamrohligida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

 

Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish, tashuvlarda undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida belgilash, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.