Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘ona shahrida yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.11.2024 769 Yangiliklar

Farg‘ona shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan harakat tarkibini zamonaviy avtobuslar bilan yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida joriy yilning avgust-sentabr oylari davomida tashuvchi korxonalar tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan ekologik toza, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan jami 48 dona zamonaviy avtobuslar olib kelingan edi.

 

Bugun, 4-noyabr sanasidan e’tiboran mazkur avtobuslar 1-sonli “Chimyon yo‘li (Otchopar) – Quva yo‘li (Tuman xalq ta'limi bo‘limi)”, 2-sonli “Vodil yo‘li (Mustaqillik shukronasi – Marg‘ilon yo‘li (2-sonli IIB), 4-sonli “Quvasoy yo‘li (Gullola ko‘chasi) – Marg‘ilon yo‘li (2-sonli IIB) hamda 9-sonli “Marg‘ilon yo‘li (Qirlola ko‘chasi) – Chimyon yo‘li (Yangi O‘zbekiston ko‘chasi) shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

 

Mazkur yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etilgan bo‘lib, yol kira haqi naqd pulda 3000 so‘m va elektron shaklda (ATTO) kartalari orqali esa 2400 so‘m etib belgilangan.

 

Joriy yil yakuniga qadar yana 48 dona yangi avtobus olib kelinishi hamda shahardagi 4 ta yo‘nalishlarga biriktirilishi rejalashtirilgan.