Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘ona vodiysi yuk tashuvchilari bilan xalqaro avtomobil yuk tashuvlari bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.01.2025 780 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O‘zbekiston Xalqaro avtomobil yuk tashuvchilari uyushmasi hamkorligida Farg‘ona vodiysidagi yuk tashuvchilar bilan xalqaro avtomobil yuk tashuvlari bo‘yicha hududiy seminarlar o‘tkazildi (Namangan va Farg‘ona shaharlarida).

 

Seminarlar davomida xalqaro avtomobil yuk tashuvlarining dolzarb jihatlari va muammolari muhokama qilindi, shuningdek, faol va samarali savol-javob sessiyalari o‘tkazildi.

 

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov va Transport vazirligi sohaviy ekspertlari xalqaro avtomobil yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalarni qo‘llash va taqsimlash masalalari bo‘yicha to‘liq muhokama o‘tkazdi, mavjud muammolarni qayd etib, xususiy sektor bilan birgalikda ularni bartaraf etishning istiqbolli yo‘llarini belgiladi.

 

AIRCUZ raisi S. Pulatov transport kompaniyalari potensialini amalga oshirilayotgan va istiqbolli xalqaro transport yo‘laklari doirasida kengaytirish imkoniyatlarini ta’kidladi, shuningdek, xorijiy davlatlardagi qonunchilik o‘zgarishlari munosabati bilan tarmoq oldida turgan muammolar haqida ma’lumot berdi.