Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘ona vodiysiga vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
21.12.2019 7425 Yangiliklar

Bugun, 21 dekabr kuni A-373 “Toshkent- O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, “Qamchiq” dovoni bo‘ylab avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
“Qamchiq” dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shaxobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Farg‘ona vodiysiga va Toshkent shahriga qarab avtotransportda yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarni Pop stantsiyasiga yetkazib qo‘yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo‘shimcha poezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. "Toshkent – Angren – Orzu – Pop – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan mazkur poezd bugun 11:30 da Toshkent Janubiy vokzalidan jo‘natildi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati