Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

Chop etish Sahifani ulashish
26.01.2023 2921 Yangiliklar

 

Bugun, 26-yanvardan e’tiboran “Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya” xalqaro yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi.

 

Farg‘ona va Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi Qizil-qiya shahri o‘rtasida amalga oshiriladigan mazkur qatnov ikki chegaradosh viloyat o‘rtasidagi bordi-keldi uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 2020-yilgacha mavjud bo‘lgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida to‘xtab qolgan edi.

 

Qirg‘iziston tomonidan “Qizil-qiya PATP”, O‘zbekiston tomonidan esa “Daewoo Trans Servis” MChJ xizmat ko‘rsatuvchi yo‘nalish umumiy masofasi 39,5 kmni tashkil etib, yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.

 

Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Farg‘onadan tongi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan. Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qatnovlarni ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.