Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar soni ko‘paytirilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
05.03.2022 3620 Yangiliklar

 

Joriy yilning 7 - mart sanasidan e’tiboran Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftasiga 4 marotabadan amalga oshiriladi.

Parvozlar haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari bajarilishi rejalashtirilgan. Qatnovlar “Humo air” MChJ ning An-2 havo kemasida bajariladi.

Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida parvoz mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi.

Aviachipta narxi esa bir tomonga 150 000 so‘m etib belgilangan.