Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onadan Janubiy Koreyaga 52 tonna gilos eksport qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
14.06.2021 3961 Yangiliklar

 

Bugun Farg‘ona xalqaro aeroportidan tashkil etilgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Farg‘ona – Inchxon yo‘nalishi bo‘yicha yuk aviareysi orqali viloyatda etishtirilgan qiymati 246 ming AQSh dollarga teng 52 ming 236 kg. gilos mahsuloti Farg‘onadan Janubiy Koreyaga eksport qilindi.

Gilos mahsulotlarining eksportga rasmiylashtirish jarayoni “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan soddalashtirilgan tartibda, tezkorlik bilan amalga oshirildi.

Farg‘ona xalqaro aeroportida gilos kabi tez buziladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash va havo kemalariga yuklash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Bu esa ushbu mahsulotlarni sifati buzilmagan holda saqlash va xorijga yuborish imkonini bermoqda.