Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Finnair Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Chop etish Sahifani ulashish
05.10.2022 4171 Yangiliklar

 

Bugun ushbu masala Transport vazirligi, O‘zbekistonning Latviya Respublikasidagi Elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi mas’ullari, "Uzbekistan Airports" AJ hamda Finlyandiyaning “Finnair” aviakompaniyasi vakillari ishtrokida videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi.

 

Uchrashuvda “Finnair” aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama etib, ushbu yo‘nalishda aviakompaniya rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Aviakompaniya yo‘lovchi tashuvlarini “Uzbekistan airways” AJ bilan "Kod-sher" tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirish, shuningdek, yuk tashuvlari yo‘nalishida ham reyslarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi.

 

Muloqot davomida Transport vazirligi Havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari U.Bektashev mamlakatimizga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish orqali parvozlar geografiyasini kengaytirish natijasida sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, Transport vaziriligi xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.