Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament” ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror loyihasi

Chop etish Sahifani ulashish
05.02.2025 724 Yangiliklar

 

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 537-son qarori bilan tasdiqlangan “Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament” ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqildi.

 

Texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida loyiha maqsadi:

 

- Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligiga qo‘yilgan yagona talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

 

- muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirishni yanada takomillashtirish;

 

- milliy qonunchilik talablarining o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlash hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro qarama qarshiliklarni bartaraf etish.

 

Qaror loyihasi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.