Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxati

Chop etish Sahifani ulashish
12.05.2020 8309 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xorijiy mamlakatlardan fuqarolarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari hamda milliy aviakompaniya vakillari tomonidan Vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantirilgan.

Joriy yilning 11 mayidan 24 mayiga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish jadvali tayyorlangan:

 

Parvoz sanasi

Parvoz amalga oshiriladigan yo‘nalish

Samolyotning Toshkentdan jo‘nash vaqti

 
  

1

11.05.2020 y.

Toshkent - Frankfurt - Toshkent

 

5:45

 

2

12.05.2020 y.

Toshkent - Moskva - Toshkent

7:20

 
 

3

13.05.2020 y.

Toshkent - Istanbul - Toshkent

7:40

 
 

4

14.05.2020 y.

Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent

8:35

 
 

5

15.05.2020 y.

Toshkent - Dehli - Toshkent

12:00

 
 

6

16.05.2020 y.

Toshkent - Rostov-Don - Toshkent

11:00

 
 

7

17.05.2020 y.

Toshkent - Qozon -Toshkent

11:00

 
 

8

18.05.2020 y.

Toshkent - Moskva - Toshkent

7:20

 
 

9

19.05.2020 y.

Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent

8:35

 
 

10

20.05.2020 y.

Toshkent - Moskva - Toshkent

7:20

 
 

11

21.05.2020 y.

Toshkent - Istanbul - Toshkent

7:40

 
 

12

22.05.2020 y.

Toshkent - London - Toshkent

14:00

 
 

13

23.05.2020 y.

Toshkent - Novosibirsk - Toshkent

13:00

 
 

14

24.05.2020 y.

Toshkent - Sharja - Toshkent

11:00

 
 

 

Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda “Uzbekistan airways” aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta harid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Xorijiy mamlakatlarning ichki tartib va karantin qoidalarini buzmaslik, shuningdek fuqarolarimizning xorijda begona shaxslar bilan aloqaga kirgan holda kasallikni yuqtirib olish xavfining oldini olish maqsadida, diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari xodimlari faqat telefon orqali xabar berishlarini kutishlari, charter reysiga navbati kelganligi haqidagi xabarni olganlaridan so‘nggina aeroportga borishlari tavfsiya etiladi.

Charter reyslariga sotuvga qo‘yilgan chiptalar eng minimal tarifdan yuqori bo‘lmasligi belgilangan. Masalan, Moskva va Sankt-Peterburg-Toshkent 147 AQSh doll., Dehli-Toshkent 224 AQSh doll., Sharja-Toshkent 221 AQSh doll., Istanbul-Toshkent 285 AQSh doll.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin horijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi “Uzbekistan airways” aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda, sanitariya va karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Yana bir muhim ma’lumot, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, bugungi kunda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga qaytish istagida bo‘lgan barcha O‘zbekiston fuqarolari bosqichma- bosqich ravishda qaytariladi.

Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz, hozirgi kunda koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan fuqarolarning 43 foizini O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan olib kelingan fuqarolar tashkil etadi. Shu bois xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimizdan o‘rnatilgan karantin talablariga qat’iy amal qilishni so‘rab qolamiz.