Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Germaniya Federativ Respublikasining elchisi bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
17.02.2022 4000 Yangiliklar

 

Bugun, 17 - fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport va logistika sohasidagi aloqalarning hozirgi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov mamlakatimiz logistika sohasini rivojlantirish maqsadida Germaniyaning «DB» konserni va «DB Schenker» kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ishlar olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida tashuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro ruxsatnoma blankalari kvotalarini oshirish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekiston va Germaniya transport vazirliklari tomonidan xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, «Uzbekistan Airports» AJ mutaxassislarini GFRda aeroport xizmatlari sohasida o‘qitish va malakasini oshirish yuzasidan «Fraport» kompaniyasi bilan faol hamkorlik olib borilayotganligi qayd etib o‘tildi.

Uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.