Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«GIRTEKA GROUP» O‘zbekistonda transport-logistika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
14.01.2025 1139 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Litvaning «GIRTEKA GROUP» kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va ta’sischisi Edvardas Lyaxovichyus boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimiz transport va logistika tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb etgan etgan holda yangi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston hududida «GIRTEKA GROUP» kompaniyasi bilan hamkorlikda logistika markazini tashkil etish, xalqaro avtomobilda tashuvlar bo‘yicha haydovchilar va menejerlarini o‘qitish va qayta tayyorlash yuzasidan fikr almashildi. 

 

«GIRTEKA GROUP» Yevropada ekspeditorlik va transport xizmatlari sohasida yetakchilardan biri bo‘lib, kompaniya O‘zbekiston transport va logistika bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda.