Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Global transformatsiya sharoitida barqaror, ekologik va inklyuziv transportni shakllantirish

Chop etish Sahifani ulashish
26.09.2024 910 Yangiliklar

Transport vaziri I.Maxkamov 20 dan ortiq davlatlarning transport vazirlari bilan birgalikda barqaror transport sohasida global sheriklikni yaratishga ko‘maklashishda hukumatlarning roliga bag‘ishlangan vazirlar Forumida ishtirok etdi. 

 

Forum ishtirokchilari global transformatsiya sharoitida barqaror, ekologik va inklyuziv transportni shakllantirish yo‘lida mamlakatlar hukumatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Transport vaziri o‘z nutqida barqaror mahalliy va xalqaro transport tizimini shakllantirishda O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorligining asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.  

 

Shuningdek, tadbir natijalarining konseptual notasiga nisbatan “Pekin nigohi”da (The Beijing Vision) aks etgan asosiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashi va ularga sodiqligini bildirdi.