Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Gruziya bilan hamkorlikda transport xizmatlari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.07.2023 1635 Yangiliklar

Joriy yilning 12-14-iyul kunlari Transport vaziri o’rinbosari Jasurbek Choriyev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Gruziyaning Batumi shahriga tashrif buyurdi. Ishchi tashrifning birinchi kunida delegatsiya Gruziya dengiz transporti agentligi direktori A.Ahvlediani bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasida uchrashiv o’tkazdi. Tashrifning ikkinchi kuni Transport vazirligi vakillari Poti, Batumi, Anakliya, Poti erkin iqtisodiy zonasi hamda Sarpi chegara nazorat o’tkazish punkti faoliyati bilan tanishishdi.

 

14-iyul kuni esa delegatsiya vakillari Kutaisi xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirining o'rinbosari G. Guramishvili bilan uchrashuv o’tkazildi. Unda O'zbekiston eksport-import yuklari tashuvlarini amalga oshirishda Gruziyaning Poti va Batumi portlari mavjud infratuzilmasidan samarali foydalanish, shuningdek, O'zbekiston biznesi vakillari tomonidan Gruziya portlari hududida port terminallarini qurish bo'yicha bildirilgan takliflar muhokama etildi.