Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Haftaning juma kunlari "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi

Chop etish Sahifani ulashish
09.12.2021 4052 Yangiliklar

 

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 - yil 10 - dekabrdan boshlab, haftaning juma kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur zamonaviy poyezd o‘tgan bir oy mobaynida faqat haftaning shanba va yakshanba kunlari qatnovini amalga oshirib keldi.

10 - dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.

Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari esa o‘z harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi.