Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro ekspertlar ishtirokida jamoat transporti sohasini isloh qilish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
23.02.2022 4685 Yangiliklar

 

Transport vazirligi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti qoshidagi Xalqaro transport forumi o‘rtasidagi kelishuvga asosan shaharlarda aholining barqaror mobilligini ta’minlash va jamoat transporti sohasini isloh qilish bo‘yicha grant loyihasi doirasida Toshkent shahrida Xalqaro transport forumi ekspertlari ishtirokida Ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ishchi guruh yig‘ilishida jamoat transporti sohasini isloh qilish, bu borada jamoat transportini rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda shahar yo‘lovchi transportini dekarbonizatsiya qilish yo‘llari muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra Xalqaro transport forumi tomonidan O‘zbekiston uchun shaharlarda aholining barqaror mobilligini ta’minlash va jamoat transporti sohasini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Xorijiy ekspertlarning tashrifi davomida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar, Toshkent shahar transport korxonalari faoliyati bilan tanishish, jamoat transporti holatini o‘rganish rejalashtirilgan.