Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
16.06.2022 3360 Yangiliklar

 

Bugun, 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vaziri Aleksey Avramenko o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama etildi.

Xususan, tomonlar O‘zbekiston va Belarus poytaxtlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga qiziqish bildirishdi.

Shuningdek, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasidagi manfaatli hamkorlik aloqarini kengaytirish yuzasidan birgalikdagi sa’y-harakatlarni rivojlantirishga kelishib oldi.