Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
19.12.2022 2693 Yangiliklar

 

Bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

 

Xususan, transportning barcha turlari orqali yuk va yo‘lovchi tashuvlari hajmini oshirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarning mamlakatlarimiz turli hududlariga tashrif buyurishlari uchun yanada qulay bo‘lagan sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.