Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
28.11.2022 3190 Yangiliklar

 

Joriy yilning 28 - noyabr kuni xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-qozoq qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

 

Xususan, 2023 - yilda yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun (uchinchi davlatlarga/dan) ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalarini belgilash, shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

 

Tomonlar E-permit tizimini joriy etish va uni ishga tushirishni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.