Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Har bir ko‘tarilgan muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
22.01.2021 5029 Yangiliklar

 

Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro viloyatining chekka hududlaridagi jamoat transporti bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholiga ushbu sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlarning holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Shofirkon va G‘ijdivon tumanlarida bo‘ldi.

Mazkur tumanlardagi “Bog‘imuso”, “Sharof Rashidov”, “Baraka” va “Oqrabot” MFY raislari hamda mahalla faollalri bilan bo‘lgan uchrashuvlarda aholini ko‘pdan beri qiynab kelayotgan masala jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish, yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish bilan bog‘liq holatlar o‘rganib chiqilmoqda.

Uchrashuvda mahalla vakillari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, hududlarni jamoat transporti qamrovi bilan to‘liq ta’minlash masalasi atroflicha o‘rganilmoqda.