Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

Chop etish Sahifani ulashish
18.03.2023 2924 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan umumxalq hashari mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Transport vazirligi mehnat jamoasi hamjihat bo‘lib, erta tongdan faol ishtirok etmoqda.

 

Hashar kuni mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida poytaxtimizning Shayhontohur tumanidagi 19-maktab hovlisida mevali daraxtlar bog‘i yaratildi. Ushbu hududga hashar davomida 4 xil turdagi (olma, o‘rik, gilos, bodom) 100 tupdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

“Xalqimizda, “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Bugun biz ekkan nihollar, kelajakda unib-o‘sib maktab hududiga ko‘rk bag‘ishlashi bilan bir qatorda, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi. Ushbu hududda bunyod bo‘ladigan bog‘ bizning kelajak avlodga munosib tuhfamizdir”,– dedi Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Narxodjaev.