Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

Chop etish Sahifani ulashish
13.03.2021 7626 Yangiliklar

 

 

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Obod va ko‘rkam mahallam" shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu ezgu tadbirlarga davlat va jamoat tashkilotlari, vazirlik hamda idoralar, korxona va muassasa xodimlari ham o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shishmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi mehnat jamoasi ham hamjihat bo‘lib, erta tongdan hasharda faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Vazirlik binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Atrofdagi ariqlar ichi, avtoturargoh hududlari chiqindilardan tozzalandi.

Vazirlik markaziy apparati xodimlari qatnashayotgan tadbir chin Navro‘z shukuhida, bahoriy kayfiyatida davom etmoqda.

Shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalarida ham hashar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, obodonlashtirish va tozalik ishlarida barcha xodimlar faol ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir ishchi xodimlar orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tayotganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.