Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hazorasp va Xiva tumanlarida yangi avtobus yo‘nalishlar ochildi

Chop etish Sahifani ulashish
23.12.2019 7224 Yangiliklar

Xorazm viloyati transport boshqarmasi aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududlarda jamoat transportining bugungi kundagi ahvolini yanada yaxshilash, mazkur yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, viloyatning Hazorasp va Xiva tumanlarida ko‘p yillardan beri faoliyati to‘xtab qolgan qator yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini qayta tiklash bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Xususan, “Xiva temir yo‘l vokzali – Pishkanik” “Xiva temir yo‘l vokzali – Qoraqum”, “Xiva temir yo‘l vokzali – Shomoxulum” yo‘nalishlarida “Avtotrans Xorazm” unitar korxonasiga sotib olingan yangi ISUZU avtobuslaridan 6 tasi joylashtirildi.

Avtobuslarning oraliq qatnov vaqti 15-20 daqiqqa etib belgilangan bo‘lib, ertalab soat 07:00 dan 19:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu bilan Xiva tumani va chekka qishloqlarda yashovchi 700-1000 nafardan ortiq aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirildi. Endilikda Xiva tumanida istiqomat qilayotgan aholining shahar markaziga ortiqcha ovoragarchiliksiz yetib olish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Hazorasp tumanida «Shark Yulduzi – Hazorasp buyum bozori», «Tug‘ruqxona – Hazorasp buyum bozori», «Yangibozor – Hazorasp buyum bozori» yo‘nalishlarida ham avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishida ularning harakatlanishini Yangibozor, Karvak, Ovshar, Muxomon va Sanoat qishlog‘i hamda tuman markazidan o‘tishini inobatga olgan holda yo‘nalish sxemalari ishlab chiqildi.

Avtobus qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi yangi yil bayrami arafasida ushbu hududlar aholisi uchun o‘ziga hos bayram tuhfasi bo‘ldi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati