Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hindistonning GMR Group kompaniyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
02.06.2020 8167 Yangiliklar

 

Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev boshchiligida Hindistonning GMR Group kompaniyasi vakillari bilan videokonferentsiya aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda aviatsiya sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar davomida GMR vakillari kompaniya tomonidan Hindiston, Turkiya va Filippinda xalqaro aeroportlarni qurish, modernizatsiya qilish va boshqaruv tizimida amalga oshirilgan yirik loyihalar taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur kompaniya “yashil aeroportlar” konsepsiyasini rivojlantirishda shuningdek, aeroportlarga innovatsion texnologiyalarni (yuzni aniqlash va tanish texnologiyalari, mobil telefonlar imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda nazorat-o‘tkazish punktlaridan yo‘lovchilarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini bir-necha barobarga oshirish va boshqalar) o‘rnatishda katta tajribaga ega.

Uchrashuvda Transport vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo logistika xabini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar hususida ma’lumot berildi. Shuningdek, GMR kompaniyasiga viloyatlardagi xalqaro aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderlarda ishtirok etishga taklif etildi.