Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
18.01.2021 4520 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalari ikki davlat munosabatlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o‘tishdi. Muloqot davomida ikki tomonlama aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida transport koridorlarini aniqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’yi - harakatlarning ahamiyati muhim ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida shu bilan birga, transport sohasidagi mavjud investitsiya loyihalari ham muhokama etildi. Tomonlar avvalgi erishilgan kelishuvlar yuzasidan transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash zarurligini qayd etib o‘tishdi.