Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoydan avtobuslar olib kelish masalasi muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.12.2022 4625 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi.

 

XXRning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda O‘zbekistoning XXRdagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarining dolzarb masalalarini muhokama etishdi.

 

Xususan, XXRning yirik zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar uchrashuvda avtobuslar sotib olishni moliyalashtirish, yetkazib berish muddatlari va Xitoydan O‘zbekistonga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berish bo‘yicha ishlarni tashkil etish masalalarini muhokama etishdi.

 

O‘z navbatida, Szyan Yan xonim mamlakatimizda jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning muhimligini ta’kidlagan holda uchrashuvda muhokama etilgan masalalar yuzasidan har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.