Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi joriy etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
15.08.2023 3534 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, xorijiy davlatlarning ilg’or tajribasi o’rganilmoqda. 

 

Xusasan, Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig’i R. Babayev viloyatda yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida Liaochang shahrida jamoat transporti xizmatini ko’rsatuvchi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Avtobus saroyi dispetcherlik xizmati, avtobuslarni saqlash va ularga texnik xizmatlar ko’rsatish bo’yicha tashkil qilingan shart-sharoitlar o’rganildi.

 

Shuningdek, tashrif doirasida dvigatellar ishlab chiqaruvchi “Weichai Power Co., Ltd” kompaniyasi bilan Xorazm viloyatiga olib kelinadigan 100 ta yangi avtobuslarga doimiy tarzda servis xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlga erishildi.