Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zarar qoplab berilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2023 2332 Yangiliklar

 

2023-yilning yanvar–may oylari davomida tashuvchilarning hisob raqamlariga jami 5 mlrd 266,7 mln so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan.

 

Xususan, Namangan viloyatida 1 385,9 mln so‘m, Farg‘ona viloyatida 1 049,3 mln so‘m, Toshkent viloyatida 783,7 mln so‘m, Navoiy viloyatida 510,4 mln so‘m, Andijon viloyatida 404,6 mln so‘m, Xorazm viloyatida 362,3 mln so‘m, Samarqand viloyatida 339,8 mln so‘m, Jizzax viloyatida 195,6 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 138,3 mln so‘m, Surxondaryo viloyatida 82,2 mln so‘m, Buxoro viloyatida 14,6 mln so‘m mablag‘ qoplab berilgan.

 

Qolgan viloyatlarda tashuvchilar tomonidan ko‘rilgan zarar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar topshirilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 630-sonli qaroriga muvofiq tashuvchilar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar miqdori har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilmoqda.