Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Huquqiy targ‘ibot

Chop etish Sahifani ulashish
17.05.2022 3413 Yangiliklar

 

Joriy yilning 17 - may kuni avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi bir guruh haydovchilar faoliyati davomida yuzaga kelgan muammoli vaziyatning yechimi yuzasidan huquqiy-profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Transport vazirligiga murojaat etib tashrif buyurgan tashuvchilar xorijiy mamlakatdan tegishli shartnoma tuzmasdan, yuk jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchilar bilan og‘zaki kelishuvga muvofiq O‘zbekistonga olib kelingan yukning tashuv xarajatlari to‘liq qoplab berilmayotganligi oydinlashdi.

Shu o‘rinda Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar, yuk jo‘natuvchilar hamda qabul qilib oluvchilar o‘rtasidagi barcha jarayonlar qonunchilikda belgilangan asosda tegishli shartnomalarni tuzgan holda amalga oshirilishi zarur ekanligini eslatib o‘tadi.

Mazkur shartnomalarda barcha tomonlarning huquq va majburiyatlari aniq o‘z aksini topgan bo‘ladi. Bu tomonlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarda huquqiy manfaatlaringizni himoya qiluvchi yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir.

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashishda tadbirkorlik subyektlari shartnomalar tuzishda erkindirlar. Bunda, Transport vazirligi ularning shartnomaviy munosabatlariga aralashish huquqiga ega emas.

Shu bilan birga, Transport vazirligi qonunchilik hujjatlarida o‘ziga yuklatilgan vazifa va vakolatga asosan yo‘lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talab-shartlarining bajarilishini nazorat qiladi.