Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

I Xalqaro aviatsiya forumi UAALF 2020

Chop etish Sahifani ulashish
17.02.2020 6720 Yangiliklar

2020 yilning 19-20 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining «Fair Exhibition Organizers» kompaniyasi I Xalqaro aviatsiya forumini o‘tkazadi.

Tadbir Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma majmuasining birinchi pavilonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston aeroportlarining Aviatsiya-logistika forumi (UAALF 2020)da “Bombardier Business jets”, “Korean Air”, “Turkish airlines”, “Lufthansa Consulting”, “ATR”, “Aeroflot”, “Emirates”, “Jetcraft”, “Air Charter Service” kabi 130 ga yaqin xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi.

Ikki kun davom etadigan forum va ko‘rgazma, tashrif buyuruvchilar uchun bepul ekanligini eslatib o‘tamiz.

O‘zbekiston aeroportlari va aviatsiya segmentlarining ishbilarmonlik potentsiali, mazkur sohada xorijiy kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar hamda fuqaro aviatsiya sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishni istaganlarni ushbu tadbirga taklif etib qolamiz.