Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

IATA O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

Chop etish Sahifani ulashish
04.10.2024 973 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) mintaqaviy vitse-prezidenti Rafael Shvartsmаn bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda IATA tomonidan O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning muhim yo‘nalishlari muhokama etildi.

 

R. Shvartsmаn so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini yuqori baholab, ushbu jarayonda transport infratuzilmasi kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

 

O‘z navbatida I.Maxkamov aholi mobilligini oshirish, hududlarning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish muhimligini qayd etib o‘tdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar aviatsiya transportini rivojlantirishning qo‘shma strategik rejasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.