Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

IKAO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
20.01.2023 5355 Yangiliklar

 

Bugun, 20-yanvar kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi direktor o‘rinbosari Elxan Naxmedov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish ustidan doimiy monitoring mexanizmi doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi Audit tekshiruvi o‘tkazilishi muhokama etildi.

 

Suhbat chog‘ida IKAOning navbatdagi Auditiga tayyorgarlik ko‘rish, tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Urashuvda O‘zbekiston Respublikasida avvalgi o‘tkazilgan Audit (2017-yil) dan so‘ng olib borilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr almashildi.

 

Tomonlar rejalashtirilgan Auditiga puxta va sifatli tayorgarlik ko‘rish va sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taklif va masalalarni muhokama qilishdi hamda hamkorlikni uzviy davom ettirishga kelishib olishdi.