Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
15.12.2020 5725 Yangiliklar

 

Bugun, 15 - dekabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. I.Mahkamov hamda transport vaziri o‘rinbosari v.b. D.Dehqonov ishtirok etdi.

Videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Covid-19 pandemiyasi sharoitida chegara tartib-taomillarini yengillashtirish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining amaliy qo‘llanmasini tasdiqlash masalasi muhokama etildi.

Uchrashuvda IHTga a’zo davlatlar transport tashkilotlari rahbarlarining epidemiologik vaziyat tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar “Pokiston – Afg‘oniston – Markaziy Osiyo”, “Eron – Afg‘oniston – Markaziy Osiyo” va “Eron – Turkmaniston – Markaziy Osiyo” avtomobil va temir yo‘l koridorlarini tashkil etish orqali IHT transport koridorlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining qo‘shma Deklaratsiyasi qabul qilindi.