Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish niyatida

Chop etish Sahifani ulashish
09.02.2021 6217 Yangiliklar

 

 

Bugun Transport vazirligida Eronning “Iran Aseman Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aviakompaniyaning tijorat masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari A.Asad, shuningdek “Persian Gulf Tourism” sayyohlik shirkati ijrochi direktori M.Rahmanifar ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida charter va muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari D.Djumayev mamlakatimizga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish, parvozlar geografiyasi kengaytirish va chastotasini ko‘paytirish maqsadida amalga oshrilyotgan islohotlar to‘g‘risida mehmonlarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, “Uzbekistan airports” AJ boshqaruv raisining tijorat va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Bektoshyev esa O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida ziyoratchilarni tashuvchi xorijiy aviakompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi.

Eron aviakompaniyasi rahbariyati bu kabi muloqotlar samarali kelishuvlarga sabab bo‘lishi, o‘zaro manfaatli hamkorliklarga yo‘l ochishidan umidvor ekanini izhor qildi. Dastlabki bosqichda aviakompaniya Tehron – Toshkent, Tehron – Buxoro yo‘nalishlarida charter qatnovlarini yo‘lga qo‘yish istagida ekanligini ma’lum qildi.

Aviakompaniya rejalariga ko‘ra parvozlarni joriy yilning mart oyidan boshlash ko‘zda tutilmoqda. Keyinchalik esa parvozlarni muntazam ravishda amalga oshirishga kirishiladi.