Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

IСAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
20.06.2023 1687 Yangiliklar

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqasi aviatsiya mamuriyatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishmoqda.

 

Yig‘ilishda Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosiga a’zo bo‘lgan 50 dan oshiq davlatlar aviatsiya ma’muriyati rahbarlari ishtirok etishmoqda.

 

Tadbirda parvozlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni takomillashtirish, fuqaro aviatsiyasining atrof-muhitga ta’siri hamda ICAO standartlarini tadbiq etishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.