Joriy yilning 31-iyul kuni Transport vazirligida "Arsenale Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir doirasida transport sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, O'zbekistonning tarixiy shaharlarida lyuks sayyohlik poyezdini ishga tushirish bo'yicha takliflari tinglandi. Kompaniya rahbariyati vagonlarni panoramali derazalar, hashamatli kabinalar va restoran vagonlari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda bunday poyezdlar qurilish jarayonida bo’lib, 2026-yilda bunday vagonlar BAA va Saudiya Arabistonida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
"Arsenale Group" vakillari lyuks vagonlarni Toshkent – Samarqand - Buxoro – Xiva –– Toshkent yo'nalishi bo'yicha ishga tushirishni taklif qildi. Kompaniya vakillari vagonlar Italiyada ishlab chiqarilishi rejalashtirilganligini ta'kidlab o’tdilar. Mazkur sayyohlik poyezdida jami 33 ta kabina va umumiy sig'imi 66 yo'lovchiga mo'ljallangan yuqori qulaylikka ega 12 ta lyuks vagonlardan iborat bo'lishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masala bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.