Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jahon banki Istanbulda transport sohasida xotin-qizlarning rolini oshirishga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
30.01.2025 1413 Yangiliklar

Jahon banki guruhi Turkiyaning Istanbul shahrida "Transport sohasida ayollar: rahbar va xodim sifatida ayollarni qo‘llab-quvvatlash" mavzusida konferensiya tashkil etib, xotin-qizlarning transport sohasidagi ishtirokini kengaytirish yo‘llarini qidirmoqda.

 

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillari ham ishtirok etishmoqda. Ikki kunlik tadbir Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab olgan va transport sektorining barcha sohalarida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan "Transportdagi ayollar" (WiT) tarmog‘iga bag‘ishlangan.

 

Turkiya infratuzilma va transport vaziri Abdulqodir Uralo‘glu ochilish marosimida ko‘p yillar davomida transport va logistika sohasida erkaklar ustunlik qilganini, ammo hozirda gender farqlariga asoslangan kasblar mavjud emasligi hammaga ma’lum ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Ayollar bandligini ta’minlash va transport sohasida yetakchilik qilishga qaratilgan ushbu xalqaro anjumanda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi:

 

 

 

 

 

Mazkur tadbir transport sohasidagi ayollar faoliyatini yaxshilash uchun global muloqotni tashkil etib, barcha yo‘nalishlardagi siyosiy va ijtimoiy masalalarni muhokama qilish, shuningdek, qator yo‘nalishlarda muzokaralar o‘tkazish uchun platforma vazifasini bajaradi.