Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2019 5899 Yangiliklar

Bugun, 6 dekabr kuni Transport vaziriligida Jahon Bankining Markaziy Osiyo, Xitoy va Mo‘g‘iliston bo‘yicha mintaqaviy menejeri Binyam Redja boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Maxkamov Jahon banki rahbariyatiga mamlakatimiz transport sohasini isloh qilish va rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Jahon banki vakillari bugun mamlakatimizda transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, aynan ushbu yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda Jahon banki bilan yurtimiz aviatsiya sohasini isloh qilish doirasida hamkorlikni davom ettirish, multimodal tashuvlarni tashkil etish va mamlakatimiz tranzit salohiyatni oshirish, yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat - xususiy sherikligi asosidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida transport sohasini rivojlantirish yo‘nalishida turli mavzularda uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati