Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  

Chop etish Sahifani ulashish
07.10.2024 637 Yangiliklar

Joriy yilning 7-oktabr kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Jahon bankining katta savdo mutaxassisi, loyiha rahbari doktor Roberto Echandi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida Jahon bankining texnik ko‘maklashuvi masalalari muhokama etildi. Xususan, O‘zbekiston transport sektorini rivojlantirish va milliy qonunchilik normalarini JST normalariga muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

 

Ishtirokchilarga temir yo‘l transportini rivojlantirish va yuk tashishni liberallashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, respublikaning ekspeditorlik kompaniyalariga temir yo‘l transportida yuklarini tashish uchun kodlar berish bo‘yicha tushuntirishlar berildi va JSTning fuqaro aviatexnikasi savdosi to‘g‘risidagi bitimga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi.