Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jamoat transporti faoliyatini takomillashtirish yo‘lida

Chop etish Sahifani ulashish
09.01.2025 298 Yangiliklar

Xorazm viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov viloyatdagi qator yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

Korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy etish yuzasidan dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

 

Vazir o‘rinbosari I.Abdugafarov Urganch shahridagi “Bunyod yo‘lovchi tashish” MChJ avtobus saroyida olib borilgan qo‘shimcha qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Dispetcherlik faoliyati va hozirgi kunda brutto-shartnomasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yo‘nalishlar hisoboti qanday shakllantirilayotganligi, yangi xarid qilinishi kutilayotgan avtobuslarni qaysi yo‘nalishlarga biriktirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Shuningdek, “Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-410-sonli qarori ijrosi mutasaddilar ishtirokida muhokama etildi. Davlat muassasasining iqtisodiy ahvolini yaxshilash, shu jumladan yangi trolleybuslarni xarid qilish hamda ularni saqlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.