Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
29.03.2023 1836 Yangiliklar

 

Bugun, 29-mart kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Koreya Respublikasining Puchon universiteti prezidenti Xan Djong Sok boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

 

Xususan, Puchon universitetning “Aviatsiya xizmati” fakultetida “Uzbekistan airways” AJ bort kuzatuvchilari malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv davomida universitet vakillari “Aviatsiya xizmati” fakultetining faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, “Yetakchi aviakompaniyalar bort kuzatuvchilari malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etish” loyihasi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.