Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Jazeera Airways" aviakompaniyasi Kuvayt - Toshkent yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi

Chop etish Sahifani ulashish
28.06.2021 4951 Yangiliklar

 

Bugun, 28- iyun kuni “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti”da "Jazeera Airways" aviakompaniyasining Kuvayt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirgan AirbusA320neo samolyoti tantanali ravishda kutib olindi.

Shunday qilib, "Jazeera Airways" aviakompaniyasi Kuvayt – Toshkent – Kuvayt yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni rasman boshladi. Ushbu yo‘nalishda aviakompaniya haftada ikki marta dushanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

“Jazeera Airways” Kuvayt aeroportining eng yirik operatorlaridan biri bo‘lib, kompaniya Yaqin Sharq, Hindiston, Shri-Lanka va Yevropaga muntazam qatnovlarni bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Kuvayt davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 yil 12 aprelь kuni "Jazeera Airways" aviakompaniyasiga Kuvayt – Toshkent – Kuvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 8-k – sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berilgan edi.