Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2025 322 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Toshkent davlat transport universiteti mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar joriy loyihalarning samaradorligi hamda istiqbolli loyihalarni sifatli tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.

 

Xususan, uchrashuvda ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash, shuningdek, kelgusida yo‘l qurilishi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.