Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
03.03.2022 12298 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022 - yil 1 - martdan to‘liq ishga tushirildi.

Joriy yilning 2 - mart sanasida Sirdaryo, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari, shuningdek, shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar ochiq tenderga qo‘yildi.

Elektron tarzda tashkil etiladigan dastlabki tenderlar joriy yilning 5-6 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Joriy yilning mart oyida respublikaning barcha hududlarida jami 700 ta yo‘nalishlar ochiq tender e’lonlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

 

Sirdaryo viloyati bo‘yicha tenderga qo‘yilgan lotlar

 

№

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish raqami

1.

201

Guliston – Yangier

2.

212

Guliston – A.Toirov SIU

3.

9

Temir yo‘l bekati – Viloyat shifoxonasi

4.

8 (Yangiyer)

Yangier avtostantsiyasi – Zafarobod

5.

YT 9

Temir yo‘l bekati – Viloyat shifoxonasi

6.

281

Guliston – Beruniy

 

Namangan viloyati bo‘yicha tenderga qo‘yilgan lotlar

 

№

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish raqami

1.

4

Otchopar bosh bekati - Chorsu bozori

2.

5

Zirabuloq - Nurobod

3.

19

Chorsu bozori - 3-kichik tuman

4.

225

Namangan shahri - Chortoq

5.

237

Namangan shahri - Doxiota

 

Buxoro viloyati bo‘yicha tenderga qo‘yilgan lotlar

 

№

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

1.

214

Olot bekati – Paxtakor MFY

2.

215

Olot bekati – Qorako‘l avtostantsiyasi

3.

227

Olot bekati – Zarafshon MFY

4.

229

Olot bekati – Guliston MFY

5.

267

Olot bekati – Bojxona

6.

313

Olot bekati – Baxoriston

7.

314

Olot bekati – Denov

8.

337

Olot bekati – Bog‘ishamol

9.

248

Olot bekati – O‘zbekiston

10.

315

Olot bekati – Navoiy

11.

213

Olot bekati – Amudaryo q.

 

 

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar tenderga qo‘yilgan lotlar

 

№

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

1.

945

Shahrisabz shahri  – Urganch shahri 

2.

969

Guliston shahri – Zomin

3.

1130

Toshkent shahri – Chimboy

4.

1103

 Toz q. – Arnasoy

5.

879

Xatirchi – Toshkent shahri