27-28 may kunlari “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan poezdlarning 1 ta reysi to‘xtatiladi.
“Toshkent MTU” UKga qarashli “Aqcha-Obliq” temir yo‘l stantsiyalari oralig‘i 101-kilometr 9-piketidagi ko‘prikda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan joriy yil 27, 28 - may kunlari “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlarning 1 ta reysi bekor qilinadi.
Xususan,
2022 - yil 27 - may kuni “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishidagi 64/63-sonli;
28 - may kuni “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishidagi 60/59 hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlarining;
Shuningdek, 28 - may kuni 6408-sonli “Toshkent – Angren” hamda 29 - may kuni 6409-sonli “Angren – Toshkent” shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining 1 ta reysi bekor qilinadi.
Bundan tashqari, 27 - may kuni “Buxoro – Andijon” yo‘nalishida harakatlanadigan 391-sonli yo‘lovchi poyezdi “Buxoro – Toshkent”, 28 - may kuni esa “Andijon – Termiz” yo‘nalishida qatnovchi 397-sonli yo‘lovchi poyezdi, “Toshkent – Termiz” yo‘nalishida amaldagi jadval bo‘yicha harakatini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.